old-korinish-300x239     Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 20- son umumiy o’rta ta’lim maktabi

1931 yilda  qishloq xonadonining shaxsiy uyida boshlang’ich maktab ochildi.

1936  yilda qo’shni kolxozda yetti yillik maktab ochilib, boshlang’ich maktabni tamomlaganlar,  shu maktabga qatnab o’qiy   boshladilar.

1931-1946 yillar mobaynida turli davrlarda maktabda  Allaberganov Xaytimmat, Abdullaev  Xalilla, Markashev, Xudayberganov  Ermat, Yusupov Nurmat, Ziyovuddinov va boshqalar o’qituvchilik  qildilar.

1945 yilda maktabga Sotiboldiev  Ahmadjon direktor  qilib tayinlandi.

1946 yilda boshlang’ich va yetti yillik maktablar birlashtirildi. Sotiboldiev  Ahmadjon rahbarligida hashar yo’li bilan yangi maktab binosi qurildi.

1953 yilda maktabga Nizomiy nomi berildi.

1955 yilda hashar yo’li bilan yangi maktab binosi qurildi.

1945-1960 yillarda maktabda Sa’dullaeva Anabibi, Eshimmetov Matyoqub, Sobirov Boltaboy, Matqurbonov Sobir, Sapaev Qo’shimmat, Tajieva Oyimjon, Sadullaev Rajab, Karimova Oyto’ti, Ortiqov Karim, Boltaev Jumamurod, Yashina Klavdiya Fillipovna, Smelyanskaya Raisa Semenovna, Gubarkova Taisa Stepanovna va boshqalar o’qituvchilik qildilar.

1961 yilda yetti yillik maktab sakkiz yillik maktabga aylantirildi.

1960-1965 yillarda maktabning sobiq o’quvchilaridan Yaxshimuratov Normat, Xaytimmetov Madamin, Xudayberganov Po’lat, Saparniyazov Yo’ldosh, Eltazarov Pirnazar, Xudayberganov Zariflar oliy pedagogika o’quv yurtlarini tamomlab maktabga o’qituvchi bo’lib keldilar.

1973 yilda maktabga Saparniyazov Yo’ldosh direktor qilib tayinlandi.

1984 yilda maktab yangi binoga ko’chib o’tdi va o’rta maktabga aylantirildi.

1989 yilda maktabga Abdulla Qaxxor nomi berildi.

1994 yilda maktabga Davletov G’oyibnazar direktor qilib tayinlandi.

1989-2003 yillarda maktab viloyatda sinfdan tashqari ishlar bo’yicha tayanch xisoblandi.Shu yillarda maktabning 3 nafar o’qituvchisi “Yil o’qituvchisi” ko’rik tanlovlarida viloyatda g’olib bo’ldilar.1998 yilda “Oila yilining eng faol ayoli” ko’rik tanlovida ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Artiqova Dilbar respublikada 3-o’rinni egalladi. Shu  yillarda maktab o’quvchilari oliy o’quv yurtiga kirish  bo’yicha tumanda 1-o’ringa chiqdi.

2000 yilda maktabga Artiqova Dilbar direktor qilib tayinlandi.

Maktab 2007 yildan UNISEFning “Bolaga do’stona munosabatdagi maktab” loyixasi bo’yicha ish olib bormoqda.

Maktab 2010 yildan “Klaster maktab” maqomini oldi,xududdagi 8 ta maktab o’qituvchilari va mahalla aholisi bu yerda AKT dan foydalanishni o’rganmoqda.

Mustaqilligimiz 22-yilligi arafasida maktabni bitirgan o’quvchilardan 22 nafari  oliy o’quv yurtiga kirdilar.   2013 yilda maktab kapital ta’mirlandi.

Комментарии к записи maktabimiz haqida отключены

Comments are closed.